27 iyu 17:50
Yangiliklar
Jo'rabek va Humoyun Londondagi turnirda yaxshi start olishdi
Ushbu
musobaqada ikki istedodli vakilimiz – Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov ham
o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazmoqda. Quvonarlisi, hamyurtlarimizning har ikkisi ham
ilk davrada zafar quchishdi. Turnirda to'qqizinchi raqam ostida tasniflangan Jo'rabek
Karimov rossiyalik Pavel Kotovni 7:5, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Humoyun esa avstraliyalik Aleksey Popirindan 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi. Endi tennischilarimiz ikkinchi davrada kortga chiqishadi. Jo'rabek franciyalik Evan Furness, Humoyun esa serbiyalik Miomir Kezmanovich bilan uchinchi davra chiptasi kimga tegishli ekanligiga oydinlik kiritib oladi.
Tennischilarimiz
musobaqaning juftliklar bellashuvida ham kortga chiqishadi. Ushbu turnir Jo'rabek
Karimov va Humoyun Sultonov uchun aynan London shahrida o'tkaziladigan “Katta
Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” musobaqasiga tayyorgarlik vazifasini o'tab
beradi.
Fikrlar