03 iyu 13:55
Yangiliklar
Tennis
Jo'rabek va Humoyun “Uimbldon”ning juftligida ham kortga chiqadi
Istedodli tennischilarimiz Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov Londonda start olish arafasida turgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi o'smirlar o'rtasidagi “Uimbldon” turnirining juftliklar bahsida ham ishtirok etishadi.
Lekin avvalgi musobaqadan farqli ravishda bu ikki tennischimiz boshqa raketka ustalari bilan juftlik xosil qilishgan. O'xshash jihati, ikkala tennischimizning sheriklari ham germaniyaliklar bo'lishadi.
Jo'rabek qura natijasiga ko'ra Daniel Altmayer bilan birga amerikalik tennischilar – Villyam Blumberg hamda Natan Ponvitga qarshi kortga chiqadi. Humoyun esa Tim Ruel bilan birga turnirning ikkinchi raqamli juftligi – greciyalik Stefanos Cicipas va estoniyalik Kennet Raisma tandemi bilan birinchi bosqichda to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar