20 okt 17:18
Yangiliklar
![](/upload/storage/47155_220.jpg)
Jo'rabek va Humoyun Xitoydagi "CHellenjer" saralashini g'alaba bilan boshlashdi
Kelasi haftada Xitoyning Lijou shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "CHellenjer" turniri bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonovlar ishtirok etmoqdalar. Sportchilarimiz turnirni saralash bosqichidan boshlashdi.
Tennis yangiliklari kanalining malum qilishicha, Jo'rabek ilk davrada xitoylik Li CHuni 6:3, 6:4, Humoyun esa boshqa bir mezbon tennischi Linang Xiaoni 6:4, 6:3 hisoblarida mag'lub etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar