18 dek 11:38
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabekning Doha turniridagi ilk raqibi to'rtinchi raketka
Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
6th Qatar ITF Futures 2017 musobaqasida hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham ishtirok etadi. Qura natijasiga ko'ra istedodli tennischimiz ilk davrada turnirning to'rtinchi raketkasi franciyalik Maksim Xamouga qarshi kortga chiqadi.
SHuningdek,
Jo'rabek Karimov ushbu turnirning juftlik bahslarida ham o'z imkoniyatini sinab
ko'radi. Hindistonlik Arjun Kadxe bilan uchinchi raqamli juftlikni hosil qilgan
hamyurtimiz ilk davrada rossiyalik Aleksey Vatutin hamda latviyalik Deyvids Yuksaga
qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar