13 okt 08:35
Yangiliklar
Futbol

Joriy mavsumdagi ilk “El Klassiko”ning o'tkazilish sanasi malum
Dunyo futboli muxlislari orziqib kutadigan “El Klassiko”ning joriy mavsumdagi ilk uchrashuvi sanasi va soati tasdiqlandi.
Unga ko'ra, Madridning “Real” hamda Kataloniyaning “Barselona” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 3 dekabr kuni “Kamp Nou” stadionida bo'lib o'tadi. Bu o'yin Ispaniya chempionatining 14-turiga to'g'ri kelmoqda.
“El Klassiko” dunyoning 100dan ziyod davlatiga translyaciya qilinadi. Lekin Buyuk Britaniya xalqi bu o'yinni to'g'ridan-to'g'ri ko'ra olmaydi. Boisi, bu mamlakatda mahalliy vaqt bilan soat 14:45dan 17:15ga qadar to'g'ridan-to'g'ri futbol uchrashuvlarini efirga uzatish mumkin emas.
Havola :
Fikrlar