24 avg 07:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Jorj Kambosos faoliyatini yakunlashi mumkin
Engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni avstraliyalik Jorj Kambosos (20-1, 10 KO) faoliyatini yakunlashi mumkinligini malum qildi.
Bu qarorining amalga oshishi uchun u 16 oktyabr kuni Melburn shahrida amerikalik Devin Xeyniga (28-0, 15 KO) qarshi revansh jangida mag'lubiyatga uchrashi kerak.
Eslatib o'tamiz, birinchi jang shu yilning iyun oyida bo'lib o'tgan va unda Devin Xeyni hakamlar qarori evaziga g'alaba qozonib, mutlaq jahon chempioniga aylangandi.
"Hech qanday "B" rejasi yo'q. Aytganimdek, agar mag'lub bo'lsam, boks bilan xayrlashishga to'g'ri keladi. Hozirgi darajamdan mamnunman. Sababi, yana cho'qqiga ko'tarilish va barcha kamarlarni qo'lga kiritish uchun faqat bir qadam qoldi. Men yana mutlaq jahon chempioni bo'laman," - dedi Kambosos matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar