07 may 17:45
Yangiliklar
Futbol

Jorjino "CHelsi"da qolmoqchi, yozda unga uchta top-klub qiziqish bildirgandi
"CHelsi" yarim himoyachisi Jorjino Angliya klubida qolmoqchi.
O'tgan yozda futbolchiga "Atletiko", "Yuventus" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirgan, ammo ish oxirigacha etib bormagan. Jorjino hozirda "CHelsi"da baxtli va klub bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda.
29 yoshli Italiya terma jamoasi yarim himoyachi joriy mavsum "CHelsi" safida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Jorjinoning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, uning transfer narxi transfermarkt tomonidan 45 million evroga baholanmoqda.
Havola :
Manba : twitter.com/MatteMoretto
Fikrlar