13 iyu 19:51
Yangiliklar
Joshua Van - Aleksandr Pantoja revansh jangi o'tkaziladi
Ushbu chempionlik jangi 19 sentyabr kuni Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadigan UFC 331 turniri kardiga kiritiladi. Jangning o'tkazilishi haqida vaziyatga yaqin manbalar xabar berdi, bu bilan amerikalik murabbiy Erik Niksikning o'tgan hafta elon qilgan malumotlari tasdiqlandi.
Aleksandr Pantoja va Joshua Van o'rtasidagi birinchi jang o'tgan yilning dekabr oyida bo'lib o'tgandi. O'shanda oktagonga divizionning dominant chempioni sifatida chiqqan braziliyalik aralash yakkakurash ustasi muvaffaqiyatsiz yiqilishi natijasida tirsagini chiqarib olgan va jangni davom ettira olmagandi. Natijada myanmalik davogar g'olib deya elon qilingandi.
Pantoja operaciyasiz tiklanayotgan bir paytda, Van joriy yilning may oyida yaponiyalik Tacuro Tayrani beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etib, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.

Fikrlar