17 okt 19:55
Yangiliklar
Futbol

Joze Mourinyu tez orada APL klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin
Joze Mourinyu "Tottenxem"ni boshqarishga rozi bo'ldi.
Qayd etish kerakki, tomonlar dastlabki muzokaralarni olib borishgan va muvaffaqiyatli o'tgan. Jozening tayinlanishi tez orada rasman elon qilinishi mumkin. "SHporlar"ning hozirgi bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning "Tottenxem" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu o'tgan yil dekabr oyida "Manchester Yunayted"dan ketganidan beri ishsiz yuribdi.
"Tottenxem" joriy mavsumni omadsiz o'tkazmoqda va jamoa APLdagi 8 turdan so'ng 11 ochko to'plagan holda 9-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar