13 avg 18:20
Yangiliklar
Futbol

"Jubilo Ivata" g'alabaga erishdi, Musaev 83 daqiqa o'ynadi
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod yarim himoyachi Fozil Musaev to'p tepadigan "Jubilo Ivata" klubi Yaponiya chempionatining 22-turida "Gamba Osaka" mehmoni bo'ldi.
Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 83-daqiqada kichik jarohat tufayli maydonni tark etdi. O'yin 2:0 hisobida "Jubilo Ivata"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
Fozil Musaevning jamoasi 38 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. "Gamba Osaka" esa 36 ochko bilan 7-pog'onadan joy olgan. Turnir jadvalida "Kashima Antlers" klubi 46 ochko bilan karvonboshilik qilyapti.
"Gamba Osaka" - "Jubilo Ivata" 0:2
Gollar: Kentaro Oi 19, Adaylton 73
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar