So’nggi yangiliklar

09:16Озарбайжон сафида фаолият олиб бораётган Саиджамшид Жафаров Европа чемпионига айланди! 0 07:48Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0

15 iyu 10:31
Yangiliklar

O'q otish

Jurnalistlar ham sportchi bo'la olishadi(mi?)

O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi mamlakatimizdagi barcha jurnalistlarni kasb bayramlari bilan tabriklagan holda ular uchun katta sport bayramiga tashkil etayotganini malum qiladi.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni. SHu munosabat bilan joriy yilning 22 iyun kuni OAV xodimlari o'rtasida sportning pnevmatik quroldan o'q otish turi bo'yicha O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti kubogi uchun musobaqa o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi hamkorligida tashkil etilayotgan musobaqa doirasida sportning texnik va amaliy turlari bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar, bayram tadbiri hamda g'oliblarni taqdirlash tantanalari tashkil etiladi. 

Ishtirokchilarga musobaqadan bir kun oldin, yani 21 iyun kuni Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tirida mahorat saboqlarini olishlari uchun sharoitlar yaratib beriladi.  

Musobaqa tashkiliy qo'mitasi barcha ommaviy axborot vositalarini (tele, radiokanallar, gazeta tahririyatlari, internet portallarini) mazkur sport bayramidan tele, radiodasturlar, maqola va reportajlar tayyorlashga taklif etadi hamda bu jarayon uchun o'z yordamini ayamasligini bildiradi.

Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan OAV esa qatnashuvchi xodimlari ro'yxatini ilovadagi jadval asosida tasdiqlab, mkvatanparvar@yandex.ru elektron pochta manziliga 18 iyun kuniga qadar yuborishlari mumkin. (Tel.: 234-85-64 )


“TASDIQLAYMAN”

Korxona tashkilot direktori

______________________ 

Ism sharifi va imzo


2018 yil “___” iyun





O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan joriy yil 22 iyun kuni sportning o'q otish turi bo'yicha jurnalistlar o'rtasida o'tkaziladigan musobaqada ishtirok etuvchi korxona-tashkilotdan

TALABNOMA 



#

Ism sharifi

Tug'ilgan yili

Lavozimi

Telefon raqami

1.





2.





3.





4.





Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing