31 may 14:48
Yangiliklar

K-Liga. Aliboev - Iskanderov uchrashuvi g'olibi so'nggi daqiqada aniqlandi
Uchrashuvning 83-daqiqasida "Seongnam" tarkibida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Tomislav Kis so'nggi daqiqada gol urib, jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. O'yinda Jamshid Iskanderov to'liq 90 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, Ikrom Aliboev zaxiradan o'yinga qo'shildi.
"Seul" - "Seongnam" 0:1
Gol: Tomislav Kis (90).
"Seul": YU Sang-Xun, Xvang Xyun-Su, Kim Nam-CHun, Kim Ju-Sang, Kim Jin-YA, Ju Se-Jong, Ko Kvang-Min, Xan Seung-Gyu, Xan CHan-Xi (CHo Yung-Vuk, 61), Park CHu-Yong, Go Yo-Xan (Ikrom Aliboev, 62).
"Seongnam": Kim Yong-Kvang, CHoy O-Bak (Tomislav Ki, 83), CHoy Ji-Mok, Yeon Je-Un, Li CHang-Yong, Li Tae-Xi, Li Jae-Von (Lim Sun-Yung, 54), Kvon Sun-Xyung, Jamshid Iskanderov, Xong Si-Xu, CHoy Byeong-CHan (Yung Dong-Xyen, 33).
Fikrlar