20 apr 14:27
Yangiliklar
Futbol

K2 ligasi. Ashurmatov gol urib, jamoasi g'alabasiga xissa qo'shdi
Bugun Janubiy Koreya K2 ligasida 7-tur bahslari start oldi.
O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvangju" klubi o'z maydonida boshqa hamyurtimiz, Javlon Ibrohimov to'p tepayotgan "Suvon Siti"ni qabul qildi.
Uchrashuvdagi hisobni aynan Ashurmatov ochdi va yangi klubi safidagi ilk golini urdi. Hamyurtimiz o'yinda to'liq o'ynadi. "Suvon Siti" safida Javlon Ibrohimov jarohati bois o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.
"Gvangju" 7ta turdan so'ng 15 ochko to'plab musobaqa jadvalining eng birinchi pog'onasida bormoqda. "Suvon Siti" esa 8 ochko bilan 6-o'rindan joy olgan.
Janubiy Koreya. K2 ligasi. 7-tur
"Gvangju" - "Suvon Siti" 2:1
Gollar: Rustam Ashurmatov 12, Felipe 44 penalti - Egbuchunam 74.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar