So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

26 fev 12:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Kafolatlangan gonorari 32 mln dollar bo'lgan jang ishtirokchilari taroziga chiqishdi

Teglar :  Jeyk PolTommi Fyuri
Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.

Oqshom doirasida amerikalik bokschi-bloger Jeyk Pol britaniyalik professional bokschi Tommi Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi. Har ikki bokschi tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi va har ikkalasi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. 

Pol 83.3 kilogramm (183.6 funt), Fyuri esa 83.7 kilogramm (184.5 funt) tosh bosdi. Bokschilar 30 soniyalik ko'z urishtirish marosimida ham yuzma-yuz kelishdi. Kutilganidek, bu jarayon shunchaki sokin o'tmadi. Britaniyalik bokschining asablari dosh berolmadi va blogerni turtib yubordi.  

"Uning vaqti tugadi. U tamom bo'ladi. Jeyk Pol boshqa boks janglarida ringga chiqmaydi. Uni uzog'i bilan to'rt raundda yo'q qilaman", - dedi Fyuri.

"U katta akasi singari katta gapirishni yaxshi ko'radi. Lekin uning asabiylashayotgani va qaltirab turishiga hamma guvoh bo'ldi. Men xotirjamman. Menga bunday o'yinlar yarashmaydi – men Ogayo shtatining Klivlend shahridan kelgan haqiqiy vahshiyman. Asl qotil menman", – deya Fyurining gapiga javob qaytargan Pol. 

Avvalroq, jang 8 raund etib belgilangan, Jeyk Pol 25 million dollar, Tommi Fyuri esa 7 million dollar kafolatlangan gonorarga ega bo'lishi aytilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing