26 iyu 16:32
Yangiliklar
Futbol

Kaka – MLS Yulduzlar jamoasi sardori
“Milan” va “Real” klublarining sobiq yarim himoyachisi, ayni paytda “Orlando Siti” jamoasi sharafini himoya qilayotgan braziliyalik Kaka MLS Yulduzlar jamoasining sardori etib tayinlandi.
Bu jamoa Londonning “Arsenal” klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. “Kanonirlar”ga qarshi o'yin 28 iyul kuni bo'lib o'tadi. Arsen Venger jamoasiga qarshi David Vilya, Dide Drogba, Andrea Pirlo, Jovani dos Santos, Klint Dempsi kabi mashhur futbolchilar to'p tepishadi.
Malumot uchun, 34 yoshli Kaka MLSning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Kaka “Orlando Siti” tarkibiga 2014 yilning yozida “Milan” klubidan kelib qo'shilgandi. Braziliyalik futbolchining shaxsat o'zi “Arsenal” klubi AQSH etib kelgan zahoti aeroportda kutib oldi.
Havola :
Fikrlar