31 dek 18:00
Yangiliklar
Futbol

Kaka Mourino bilan yuzaga kelgan muammo haqida gapirdi
"Real"ning sobiq hujumchisi Kaka Madrid klubidagi faoliyati haqida gapirdi.
"Ilk yilda oyoqlarimda muammolar paydo bo'ldi, shundan keyin mushaklar. JCHdan keyin meni operaciya qilishdi va 6 oyga safdan chiqdim. Qaytganimda esa Mourino jamoani boshqarayotgandi.
Mening "Real"dagi asosiy muammolarim - jarohat va Mourino edi. Unga o'zimni ko'rsatish va ko'proq imkoniyatga ega bo'lish uchun barcha imkoniyatlarimni ishga solib, 3 yilimni yo'qotdim. Albatta, bu uning tanlovi edi, buni men nazorat qila olmasdim. Nima bo'lsa ham, professionalligimcha qoldim.
Hattoki bugun ham "Real"ga borishim mumkin. U erning eshiklari men uchun har doim ochiq. Peres meni klubning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb ataydi", - dedi Kaka.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar