07 noy 08:04
Yangiliklar
Futbol

Kalexon ham koronavirusga chalindi
"Fiorentina" yarim himoyachisi Xose Kalexon koronavirusni yuqtirib oldi.
Klub rasmiy saytining yozishicha, 33 yoshli ispaniyalikda kasallik simptomlarsiz kechmoqda. Biroq u baribir karantinga olingan.
Kalexon oktyabr oyida erkin agent sifatida "Fiorentina"ga ko'chib o'tgandi. Uning hisobida 4 ta o'yinda 1 gol bor. "Fiorentina" navbatdagi o'yinini bugun, 7 noyabr kuni "Parma"ga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar