18 sen 17:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaridan mahrum bo'lgan SHon O'Melli bir yil tanaffus olishini elon qildi
Eng engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, amerikalik SHon O'Melli faoliyatida kichik tanaffus bo'lishini malum qildi.
"Men, endi 9-10 oy davomida jang qilmayman. Ehtimol bir yildir. Bu biroz vaqt oladi. Odamlar nomalum muddat UFC'ni "SHugar shou"siz tomosha qilishadi", dedi SHon.
Eslatib o'tamiz, u 15 sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 306 turnirining markaziy jangi doirasida gruziyalik Merab Dvalishviliga ochkolar hisobida yutqazib, chempionlik kamaridan mahrum bo'lgan edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar