So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

17 iyu 11:50
Yangiliklar

Kamaru Usman "xo'p" degan ekan

22 iyun kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan UFC on ABC 6 turnirining markaziy jangi yangilangan edi.

Xamzat CHimaev shifoxonaga tushib qolganidan keyin avstraliyalik Robert Uittaker raqibsiz qolgandi. Qisqa muddatda UFC Robertga yangi raqib topib berdi. Jangga bir hafta qolganida CHimaevning o'rnini rossiyalik Ikram Aliskerov egalladi. 

Sobiq UFC chempioni Kamaru Usmanning menejeri Ali Abdel-Azizning aytishicha, uning mijoziga Xamzat CHimaevning o'rniga oktagonga chiqish taklif qilinmagan. Ali tarqalgan bu xabarlar noto'g'ri ekanini aytdi. 

"Kamaru Usman taklifga "ha" deb javob bergandi", - dedi Abdel-Aziz. 

Avvalroq, betob bo'lib qolgan "Borz"ning o'rnini egallash uchun taklif yuborilgan SHon Striklend va Kamaru Usmanning chorlovga rad javobini bergani aytilgandi. Natijada Ikram Aliskerov qisqa muddatli taklifni qabul qilgan edi.

Malumot uchun, o'rta vazn toifasida o'tkaziladigan Robert Uittaker - Ikram Aliskerov jangi UFC on ABC 6 turnirining markaziy to'qnashuvi bo'ladi. 22 iyun kungi ushbu oqshomning co-main event jangi esa og'ir vazn toifasida rossiyalik aralash yakkakurash ustalari Sergey Pavlovich va Aleksandr Volkov o'rtasida bo'lib o'tadi.

Yarimo'rta vaznda sobiq UFC chempioni Kamaru Usman o'tgan yilning oktyabr oyida Xamzat CHimaevga qarshi oktagonga chiqib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing