29 noy 15:10
Yangiliklar
Tennis

Kamola va Arina Tailanddagi ishtiroklarini g'alaba bilan boshlashdi
Tailandning Xua Xin shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Ushbu musobaqada ikki tennischimiz – Kamola Umarova va Arina Folc ham qatnashishyapti. Ularning har ikkalalari ham asosiy to'r bahslaridagi ishtiroklarini g'alaba bilan boshlashdi.
Umarova saralash bahslari g'oliblaridan biri, koreyalik Jin Ju Lini 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Folc esa yaponiyalik Naki Xanatadan 2:6, 6:3, 6:3 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar