So’nggi yangiliklar

11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0

26 avg 10:03
Yangiliklar

Kamondan otish

Kamonchilar o'rtasida “Mustaqillik kubogi”ning g'olib va sovrindorlari malum

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlab kamondan otish sport turi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida onlayn O'zbekiston Kubogi bugun o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqada 37 nafar ishtirokchi o'z omadini sinab ko'rdi. Bellashuvlar qizg'in bahslarga boy tarzda o'tdi. Merganlarimiz so'nggi 5 oyni karantin sharoitida o'tkazgan bo'lsalar ham, ular qayd etgan natija mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Yakuniy natijalar bo'yicha erkaklar o'rtasida Abdulboriy Aloviddin, ayollar o'rtasida esa Kamola Yunusova birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. 

Erkaklar:
1. Abdulboriy Aloviddin (Toshkent)
2. Zokirjon G'ofurov (Farg'ona)
3. Yunus Sarmambetov (Toshkent)

Ayollar:
1. Kamola Yunusova (Toshkent)
2. Guljahon Toshmatova (Farg'ona)
3. Ziyodaxon Abdusattorova (Farg'ona)

Musobaqa so'ngida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Onlayn o'tgan mazkur marosimda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ZOOM platformasidan aloqaga chiqib, g'olib va sovrindorlarni chin dildan samimiy qutladi, musobaqa tashkilotchilari, sportchi va trenerlarga o'z tashakkurini izhor etdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing