17 noy 10:49
Yangiliklar
Kamondan otish
Kamonchilarimiz Osiyo chempionatining bronza medali uchun kurash olib borishadi
Ayni kunlarda Bangladeshda kamondan otish bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Saralash bahslari yakuniga ko'ra, aralash jamoaviy yo'nalishda vakillarimiz bronza medali uchun kurashni davom ettirishadi.
Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov juftligi Qozog'iston jamoasiga qarshi murosasiz kechgan chorak final bahsida qo'shimcha imkoniyatlarda ustunlik qilib, yarim finalga yo'l oldi. Biroq Janubiy Koreyaga qarshi bahsda vakillarimizga tajriba etishmadi va ular narigi juftlikda mag'lub bo'lgan Hindiston jamoasi bilan bellashadigan bo'ldi.
Afsuski, yakkalik va jamoaviy dasturda ishtirok etgan boshqa vakillarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi. 19 noyabr kuni bo'lib o'tadigan bellashuvda hamyurtlarimizga omad tilaymiz.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar