19 mar 07:43
Yangiliklar
Kamondan otish
Kamonchilarimiz Qashqadaryoda jam bo'lishdi
Kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport majmuasida o'quv-mashg'ulot yig'ini olib bormoqda.
Yangi barpo etilgan bazada sportchilar uchun etarli sharoitlar yaratilgan bo'lib, murabbiylar shtabining rejasi asosida kunlik mashg'ulotlar yo'lga qo'yilgan.
Yig'in 21 mart kuni yakuniga etadi. SHundan so'ng mashg'ulotlar Toshkent shahrida davom ettiriladi. Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'inlari kelasi oy Turkiya mezbonlik qiladigan xalqaro musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Malumot uchun, O'zbekiston delegaciyasi tarixda ilk bor ushbu sport turida Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi. Mazkur licenziya sohibasi terma jamoa azosi Ziyodaxon Abdusattorova hisoblanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar