So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

25 avg 07:48
Yangiliklar

Kamondan otish

Kamonchilarimiz uchun “Mustaqillik kubogi” bahslari boshlandi

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlab ko'pgina sport turlari bo'yicha musobaqalar davom etmoqda.

Kecha ana shunday turnirlardan biri kamondan otish sporti bo'yicha boshlandi. Musobaqa davlatimiz madhiyalari sadosi ostida tantanali ochilish marosimi bilan start oldi. Tadbirda MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston kamondan otish federaciyasi rahbariyati, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi. 

O'zbekiston kamondan otish federaciyasi raisi Otabek Imamov ochilish marosimida musobaqani ochiq deb elon qilgach, sportchilar chigalyozdi mashqlarini boshlab yuborishdi. Musobaqa davomida MOQ rahbari ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Avvalambor, mana shunday yuqori saviyadagi musobaqani tashkil qilishda jonbozlik ko'rsatgan federaciya mutasaddilari, sportchi va murabbiylarga minnatdorchilik bildiramiz. Biz onlayn tizimga moslashib bo'ldik va shu tartibda ishlashda davom etamiz. Vaziyat shuni taqozo qilar ekan, onlayn musobaqalarda kuch sinashamiz. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelgusida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish borasidagi takliflaringizni kutib qolamiz. Birlashib, barcha maqsadlarni, albatta, amalga oshira olamiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Takidlash joiz, musobaqa 2 kunga mo'ljallangan bo'lib, bugun saralash bahslari, ertaga esa final bellashuvlari o'tkaziladi. Saralash bosqichida Toshkent shahri, Samarqand va Farg'ona viloyatlaridan 20 nafardan ziyod sportchi g'oliblik uchun kurashga kirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing