So’nggi yangiliklar

14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0

22 iyu 16:45
Yangiliklar

Kamondan otish

Kamondan otish bo'yicha JCH Olimpiadadan so'ng o'tkaziladi

Xalqaro kamondan otish federaciyasi 2021 yilgi musobaqalar taqvimining dastlabki versiyasini elon qildi.

Unga ko'ra, ushbu yilga mo'ljallangan jahon chempionati boshqa muddatga ko'chirilmaydigan bo'ldi. AQSHning Janubiy Dakota shtati Yankton shahri kelasi yil bo'lib o'tadigan dunyo birinchiligini qabul qiladi. 

Manbada takidlanishicha, JCH Tokio Olimpiadasidan so'ng 19-26 sentyabr kunlari bo'lib o'tishi belgilangan. SHu bilan birga kelasi yil uchun belgilangan Jahon kubogi bosqichlari ham odatiy tizimda o'tadi. Biroq yakuniy bosqich mezboni hali aniqlanmagan. Jahon kubogi bosqichlari muddati va mezbon shahri bilan tanishing:

1-bosqich: 19-25 aprel (Gvatemala);
2-bosqich: 17-23 may (SHanxay);
3-bosqich: 22-27 iyul (Parij);
Final: sentyabr-oktyabr.

SHuningdek, joriy yil Berlinda o'tishi lozim bo'lgan Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi jahon kvalifikacion musobaqasi 2021 yilning 18-21 iyun sanalariga belgilandi. Yoshlar o'rtasidagi dunyo birinchiligiga esa 11-17 oktyabr kunlari Avstraliyaning Pert shahri mezbonlik qiladi. Para-atletlar o'rtasidagi JCHga mezbon qilib Dubay shahri tanlandi. Biroq muddat hali tasdiqlanmagan.

Eslatib o'tamiz, mazkur sport turi bo'yicha jahon chempionati 2 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Tokio Olimpiadasining 2021 yilga surilishi munosabati bilan engil atletika, suv sporti turlari kabi yo'nalishlarda jahon chempionatlari 2022 yilga qoldirilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing