11 noy 10:31
Yangiliklar
Kamondan otish, Parij-2024
Kamondan otish. Tarixda ilk bor o'zbekistonlik sportchi olimpiada licenziyasini qo'lga kiritdi!
Kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Ziyodaxon Abdusattorova Tailandda o'tayotgan Parij-2024 licenzion turnirida Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Ayollar o'rtasida yakkalik dasturida bahs olib borgan Ziyodaxon Abdusattorova finalgacha etib borib, Olimpiada ishtirokchisiga aylandi. Reglamentga ko'ra, yakkalik yo'nalishida o'tayotgan ushbu turnirda finalchilar Parij-2024 yo'llanmasiga ega bo'lishadi.
SHu tariqa, kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Olimpiada yo'llanmasiga sazovor bo'lmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar