26 iyu 07:41
Yangiliklar
Kamshibek Kunkabaev Olimpiada-2020da mag'lub bo'lgan jangi haqida: "Balki o'shanda oldinga intilib xato qilgandirman"
- Tokio-2020 yarim finalida amerikalik bokschiga mag'lub bo'lgandingiz. Bunga sabab nima? Jang boshida Siz juda shoshilgandek ko'ringandingiz. SHundan keyin siqildingizmi?
- Siqilish ham, asabiylashish ham bo'ldi. Jahon chempionatida ishtirok etganman, biroq Olimpiada atmosferasi juda boshqacha. U erda osonlik bilan mag'lub etganlarim bu erda jonini jabborga berib, g'alaba uchun jang qilishdi. Taktika nuqtai nazaridan men birinchi raundda mag'lub bo'lmadim, menimcha ustunlik ham qilgandim. Burchakka kelganimda esa menga mag'lub bo'layotganimni aytishdi. Keyin yana oldinga intildim. Balki bu xato bo'lgandir. Balki o'sha ruhda davom etishim kerak bo'lgandir, - dedi Kamshibek.
Eslatib o'tamiz, o'shanda Kunkabaev amerikalik Richard Torresga yutqazib qo'ygandi.
Fikrlar