So’nggi yangiliklar

08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0 13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0

30 iyu 09:12
Yangiliklar

Futbol, Parij-2024

Kanada terma jamoasi guruhda ikkita uchrashuvda g'alaba qozondi, biroq ularda hozircha 0 ochko. Qanday qilib?

Teglar :  Kanada
Parij olimpiadasida ishtirok etayotgan Kanada ayollar futbol milliy jamoasidan 6 ochko olib tashlandi.

Kanada tashkiliy qo'mitasining bir necha azolari, jumladan, bosh murabbiy ham o'yinlarda ishlashdan chetlatildi. Ular halol o'yin qoidalarini buzganlikda ayblandi

Aniqlanishicha, 22 iyul kuni jamoa xodimi Kanadaning bo'lajak raqibi Yangi Zelandiya ayollar milliy jamoasi mashg'ulot o'tkazayotgan maydon atrofida dron uchirib, ularni xufyona kuzatgan.

Franciya rasmiylari dronni Kanada jamoasi tahlilchisi Joi Lombard uchirganini aniqlagan. Oqibatda, u va yordamchi murabbiy Jasmin Mander o'yinlardan chetlatildi. Franciya prokuraturasi dron operatorini hibsga oldi. U aybiga iqror bo'lgan va 8 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilingan.

Bosh murabbiy Beverli Pristman yangi zelandiyaliklarga qarshi o'yinda jamoani boshqarmaslikka qaror qildi va keyinroq Kanada MOQ tomonidan Olimpiya o'yinlarining qolgan qismiga diskvalifikaciya qilindi. Murabbiyning o'zi, birinchi xabarlardan so'ng, yordamchilarining nomaqbul xatti-harakatlari haqida bilmasligini aytdi.

Kanada Yangi Zelandiya ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. SHundan so'ng, FIFA undan 6 ochkoni olib tashladi.

Lombardi, Pristman va Mander FIFA tomonidan 12 oyga diskvalifikaciya qilindi, Kanada futbol federaciyasi ham 225 ming dollar jarimaga tortildi.

Malumot uchun, Kanada terma jamoasi guruhdagi har ikki uchrashuvda g'alaba qozongandi. Bugun ular Kolumbiyaga qarshi bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing