05 jan 18:34
Yangiliklar
Xokkey, Milan-Kortina-2026
Kanadalik himoyachi rafiqasi Olimpiadagacha farzand ko'rmasa, Italiyadagi o'yinlarga bormasligini aytdi
"Kolorado" klubi azosi Devon Teyvs Kanada terma jamoasi tarkibida Olimpiada o'yinlarining yakuniy ishtirokchilar ro'yxatiga kiritildi.
Sportchining oilasida fevral oyida farzand dunyo kelishi kutilmoqda.
"Hozir u bilan birga bo'lish men uchun mamlakatimni himoya qilishdan ko'ra muhimroq. Vaqti kelganda Olimpiadaga boraman, lekin hozir xotinim mening yordamimga muhtoj.
Agar chaqaloq musobaqagacha tug'ilmasa, men shu erda qolaman. Bu 100% mening qarorim: chaqaloq tug'ilmaguncha va hamma uyda xavfsiz bo'lmaguncha hech qaerga ketmayman. Menimcha, xotinim men uchun xursand — Olimpiadaga borish imkoniyatiga ega bo'lganimdan xursand — bu har kuni sodir bo'lavermaydi. Lekin men, albatta, chaqaloq uchun shu erda bo'laman", deydi Teyvs.

Havola :
Manba : t.me/neutral_ours
Fikrlar