17 jan 17:17
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Kangvon-2024 qishki o'smirlar Olimpiadasida ishtirok etuvchi O'zbekiston delegaciyasi Olimpiya shaharchasiga joylashdi
19 yanvar kuni Koreya Respublikasining Kangvon shahrida IV o'smirlar o'rtasidagi qishki Olimpiada start oladi.
Musobaqada ishtirok etadigan O'zbekiston delegaciyasi bugun Olimpiya shaharchasiga etib bordi.
Olimpiadada ikki nafar o'zbekistonlik sportchilar - Rauan Raimqulov hamda Sabina Rejepova tog' chang'isi bellashuvlarida ishtirok etadi. MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, delegaciyamiz tog' chang'isi bahslari o'tkaziladigan "Jeongseon High 1" shaharchasiga joylashgan.
Kangvon-2024 qishki o'smirlar Olimpiadasining ochilish marosimi 19 yanvar kuni tashkil etiladi. Hamyurtlarimiz ishtirokidagi bahslar esa 21-24 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar