So’nggi yangiliklar

18:25Биринчи ракеткамиз Манама "Челленжер" турнирининг 1/4 финалида 0 18:04Саудия Арабистони стадионлар қурилиши учун қарз беради 0 17:43FIDE Жаҳон кубогининг энг ёш чемпиони Жавоҳир Синдоров тантанали кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 17:22Арман Царукян агар Топурия бўлмаса, кимга қарши жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:01Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2025 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:40"У менинг тезлигим ва футворкимга дош бера олмайди". Жейк Пол — Жошуа билан жанг ҳақида 0 16:10Тимур Кападзе: "Индонезияга бу ердаги муҳитни кўрай деган мақсадда келдим" 0 15:36Жавоҳир Синдаров Президент томонидан фахрий унвон ва 3 хонали уй билан тақдирланади 0 15:15IJF россиялик дзюдочиларга байроқ билан мусобақаларда қатнашишга рухсат берди 0 14:39Тошкент бокс бўйича яна бир катта мусобақага мезбонлик қилади 0 14:16ЖЧ-2026. Ҳозирга келиб, қанча чипта сотилгани эълон қилинди 0 13:44"Жошуа учун бу узоқ тун бўлади". Жейк Пол Энтони Жошуадан қай томонлама устун эканлигини айтди 0 13:20"Ҳали тугатганим йўқ. Бу — фақат бошланиш". 41 ёшли Фергюсон фаолияти ҳақида гапирди 0 12:57Илия Топурия 2026 йил баҳорида жанг қилади - инсайдер 0 12:33Мбаппе EЧЛ рекордини ўрнатди 0

31 mar 09:00
Yangiliklar

SHaxmat

Karantindan keyin Toshkentda nufuzli turnir o'tkazilishi mumkin

Germaniyaning AF Sports Reactive boshqaruvchisi Farid Zokirov Toshkentda shaxmat bo'yicha xayriya turniri o'tkazish istagida ekanligini malum qildi.

Bu musobaqa koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan karantin yakunlanganidan so'ng, taxminan kuz oylarida o'tkazilishi mumkin. Biz mavzu yuzasidan Farid Zokirov bilan suhbatda bo'ldik. 

- Farid Ravilevich, Toshkentda xayriya turnirini o'tkazish g'oyasi qanday paydo bo'ldi? SHu haqida batafsil malumot bersangiz.

- SHaxmat bo'yicha xayriya turnirini o'tkazish g'oyasi o'tgan yilning kuz oylarida paydo bo'lgandi. Musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad - faqat g'alaba va medallar emas, aksincha, turnir bahona bolajonlarga quvonchli onlarni ulashishdan iborat. O'tgan yili Bremen shahriga do'stim, Qozonning «Rubin» klubi sobiq xodimi Aleksey Nasibulin keldi. Anchadan beri Alekseyni shaxmatda mag'lub etishga harakat qilaman. Lekin hozircha bu o'xshamayapti. Ammo, bir kun amalga oshishiga ishonaman (kuladi). Aynan ikkimizning shaxmatga bo'lgan qiziqishimiz O'zbekistonda turnir o'tkazish g'oyasini yuzaga keltirdi. Bu istakni amalga oshirish orqali bolajonlarga quvonch ulashmoqchi bo'ldik. Quvonarlisi, bu g'oyamiz O'zbekistondagi hamkorlarimiz tomonidan iliq qarshi olindi va qo'llab-quvvatlandi. Buning uchun Toshkent shahar futbol federaciyasi vice-prezidenti Alisher Polatov hamda «Lokomotiv» PFK bosh direktori To'labek Akramovga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. 

- Nima uchun aynan shaxmat?

- SHaxmat g'olibni aniqlash nuqtai nazaridan keng imkoniyatlarga ega sport turi hisoblanadi. SHaxmatda omad tushunchasi deyarli yo'q. Bir necha ming yillik tarixga ega shaxmat bugungi kunda ham eng halol sport turi bo'lib qolmoqda. Insonlar jinsi va yoshidan qatiy nazar strategik fikrlarga boy bu o'yinda bahslashadilar. SHaxmat xotirani kuchaytirish uchun ham xizmat qiladi. Bundan tashqari, biz hamisha adolat qaror topishi, millatlararo do'stlik rishtalarini bir-biriga yanada bog'lash tarafdorimiz. 

- Siz uchun bu tushuncha qanchalik ahamiyatga ega? 

- Otam – mishar, onam esa rus millatiga mansub. Ko'p yillardan beri SHimoliy Germaniyada yashab kelyapman va tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanaman. SHu sababdan ham ko'pmillatlilik tushunchasi men uchun juda ham qadrli. Va albatta, butun kurrai zaminimizda yuzaga kelgan murakkab holatda millatlararo bag'rikenlik, turli millat va elatlarning do'stlik rishtalarini yanada mustahkamlash muhim jarayon hisoblanadi. Bu holatda esa sport eng muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

- Bu g'oyangizga ishbilarmon davralar qanday munosabat bildirishdi?

- Xayrli ish har zamon va makonda qo'llab-quvvatlangan. Meni xursand qilayotgani, bugunga kelib Germaniyaning uchta, O'zbekistonning ikkita ko'zga ko'ringan kompaniyalari g'oyamizni olqishlashdi. O'ylaymanki, musobaqa o'tkaziladigan kunga yaqin homiylar yana ham ko'payadi. Hozirgi holatda insonlarning salomatligi muhim hisoblanadi. Koronavirus pandemiyasi mavh etilganidan so'ng biz Toshkent turnirining sanasiga oydinlik kiritamiz va bu haqida elon qilamiz. Fursatdan foydalanib, olamsport.com sayti ijodkorlariga ham minnatdorlik izhor qilaman. 

- Bolaligingizda shaxmat bilan shug'ullanganmisiz?

- Men professional shaxmatchi emasman. Hech qanday razryad, yani toifaga ham ega emasman. SHunchaki, havaskor shaxmatchiman. Lekin kuchli shaxmatchiga qarshi dona surish imkoniyatini qo'ldan chiqarmaslikka harakat qilaman. SHuningdek, buyuk shaxmatchilarning sanatkorona partiyalarini o'rganaman. Ular orasida to'rtinchi jahon chempioni, hayotlik chog'ida jahon tojdori sifatida mag'lubiyat nimaligini bilmagan Aleksandr Alyoxin hamda Rossiya chempioni Rashid Nejmetdinovni alohida takidlagan bo'lardim.

- Musobaqaga faxriy mehmon sifatida mashhur insonlarni taklif qilish rejasi bormi? 

FIDE yo'nalishida o'zbekistonlik sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonovni taklif qilsak va u chorlovimizga rozilik bersa zo'r ish bo'lardi. Rustam mana bir necha yildirki, Germaniyada istiqomat qilmoqda. 

Instagram:

@faridzakirov

@afsportsreactive

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing