17 okt 18:19
Yangiliklar
Karate WKF. Javohir Jahongirov jahon chempioni!
Dunyoning 120 ta davlatidan sportchilar ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Quvonarlisi, terma jamoamiz azosi, bekobodlik Javohir Jahongirov yakka kata yo'nalishida 63 kg. vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jahon chempionati g'olibiga aylandi.

Tajribali murabbiy Hamdam SHodibekov qo'l ostida shug'ullanayotgan Javohir finalga qadar Braziliya, Ukraina, Slovakiya va Gonkong vakillarini mag'lub etib, o'z mahoratini namoyish etdi.

Hamyurtimiz bugun 17 oktyabr kuni finalda AQSHlik Zxuo Edmondga qarshi bahs olib bordi va 5:0 hisobida raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan mutloq mag'lubiyatga uchratib, jahon chempionligini qo'lga kiritdi va karatening yakka kata yo'nalishida tarixiy natija qayd etdi.


Ilhom Rahmonov tayyorladi
Fikrlar