So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

02 jan 08:12
Yangiliklar

Karate

Karatechilarimizning yil sarhisobi

2024 yilgi sport mavsumi ham karate WKF sportchilari uchun muvaffaqiyatli bo'ldi.

Mamlakatimizda sportga qaratilayotgan ulkan etibor samarasida nafaqat Olimpiya o'yinlaridan joy olgan sport turlari, balki sharq yakka kurashlariga mansub turlar ham rivojlanmoqda.

Ayniqsa, karate WKF bilan shug'ullanayotgan sportchilar soni kabi ushbu sport turi bo'yicha qo'lga kiritilayotgan yutuqlarimiz ham yil sayin ortib borayotir. Jumladan, 2024 yilgi sport mavsumi ham karate WKF sportchilari uchun muvaffaqiyatli bo'ldi.  

Karatechilarimiz yil davomida 10 ga yaqin xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi va 12 ta oltin, 10 ta kumush hamda 34 ta bronza jami 56 ta medalga savzovor bo'ldi. Bu ko'rsatgich 2023 yilga nisbatan 42 taga ko'p. Har bir sport turi ommalashishida albatta milliy musobaqalarning o'rni beqiyos. Joriy yil karate WKF bo'yicha 4 bor turli yo'nalishlarda O'zbekiston chempionati o'tkazilib, 2 ming 500 nafar sportchi qamrab olindi.  

O'tgan yil esa ushbu raqamlar 1500 nafarni tashkil etgan edi. Mazkur mamlakat birinchiliklari yuqori saviyada o'tishi uchun xorijlik hakamlar brigadasi taklif etildi. Har bir musobaqada shaffoflikni taminlash maqsadida raqamlashtirish tizimiga o'tildi.

SHuningdek, O'zbekiston karate (WKF) associaciyasi tomonidan yil mobaynida milliy terma jamoa uchun 14 bor o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etilib, ularga 500 nafar sportchi jalb qilindi.  

Yana bir etiborli jihati shundaki, har bir yosh toifasidagi terma jamoalarga alohida murabbiylar shtabi shakllantirildi. Hududlarda parakarateni rivojlantirish borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada dekabr oyida ilk bor parakarate bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

Umid qilamizki, kelayotgan 2025 yilgi sport mavsumida bosh murabbiy Sulaymon Yusupov qo'l ostida Sevinch Rahimova, Gulshan Alimardonova, Quvonch Muhammadiev, Abdulvahob Rashidov kabi iqtidorli karatechilarimiz yuksak marralarni zabt etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing