22 iyu 11:33
Yangiliklar
Tennis
Karen Xachanov Foninidan ustun keldi
Germaniyaning Gamburg shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning 26-raketkasi Karen Xachanov musobaqaning ikkinchi davrasida ATP reytingining 61-pog'onasidan joy olib turgan italiyalik Fabio Foninini 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi.
Rossiyalik tennischi 104 daqiqa davom etgan uchrashuvda 3 ta, Fonini esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Har ikki tennischida ham qo'shxatolar bittadan bo'ldi. Karen 3 ta, Fabio esa 1 ta breykka ega bo'ldi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Xachanov 3:1 hisobida oldinda bormoqda.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar