23 okt 09:08
Yangiliklar
Tennis
Karen Xachanov "Kreml Kubogi" 1/2 finalida
Rossiya Federaciyasining Moskva shahrida tennis bo'yicha o'tkazilayotgan "Kreml Kubogi" o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning 31-raketkasi Karen Xachanov o'z vatanida o'tayotgan musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi. Rossiyalik tennis ustasi 2 soatu 26 daqiqa davom etgan chorak final uchrashuvida reytingning 62-pog'onasidan joy olgan avstraliyalik Jon Millmanni qiyinchilik bilan mag'lub etdi - 7/5, 7/6(4).
Karenning g'alabasiga u tomonidan ijro etilgan 19 ta eys zarbasi ham yordam berdi. Jon esa bor yo'g'i bitta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob rossiyalik foydasiga o'zgardi - 2:1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar