08 iyu 10:21
Yangiliklar
Tennis
Karen Xachanov "Uimbldon"dagi ishtirokini yakunladi
Dunyoning 29-raketkasi bo'lib turgan rossiyalik tennischi Karen Xachanov uchun "Uimbldon" turniri yakunlandi.
Xachanov chorak final uchrashuvida kanadalik Denis SHapovalovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Reytingda 12-pog'onada borayotgan Denis 3 soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda Xachanovdan 6/4, 3/6, 5/7, 6/1, 6/4 hisoblarida ustun keldi.
Uchrashuv davomida Karen 3 ta, Denis esa 17 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida SHapovalov ikkinchi g'alabasiga erishdi - 2:0.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar