So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

09 noy 14:28
Yangiliklar

Futbol

Karles Puyol ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Teglar :  Puyol
Jahon va Evropa chempioni Karles Puyol ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Karles Puyol Toshkentda + FOTO


"Barchaga salom. Katta rahmat. O'zbekiston futbol Federaciyasiga rahmat aytaman. 2008 yil ham shu erga kelgandim. O'sha tashrif hamon xotiramda turibdi. Yana bir bor O'zbekistonda ekanligimdan xursandman. O'FF prezidenti janob Umid Ahmadjonov tufayli bu erdaman. Garchi O'zbekiston terma jamoasi Rossiyadagi mundialga chiqa olmagan bo'lsa ham yaqin vaqt ichida bunga erishasizlar deb umid qilaman. Yoshlarga etibor qaratilayotgani ajoyib. Agar yoshlarga etibor qaratsanglar 2022 yilgi Qatardagi JCHga chiqasizlar", - deydi Karles Puyol.  

- Gvardiola "Barselona" bosh murabbiyi bo'lgan paytda Gvardiola tunlari sizlarga qo'ng'iroq qilishi haqida gaplar bor bu qanchalik haqiqat? 

- Gvardiola ajoyib murabbiy. Uni dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri deb hisoblayman. U bilan bir mavsumda oltita sovrin yutgandik. Tunlari qo'ng'iroq qilarmidi? Yo'q albatta. Bu hazil edi. Agar qo'ng'iroq qilganida ham men unga javob bermasdim (kuladi)


- Bir kun kelib murabbiy bo'lsangiz O'zbekiston terma jamoasini boshqarishingiz mumkinmi? 

- Hozircha 40 yoshdaman. Murabbiylik licenziyam ham yo'q. Agar kelajakda taklif bo'lsa balki O'zbekistonda ham ishlarman. Barcha narsa bo'lishi mumkin. 


- O'tgan mavsum PSJ o'z uyida "Barselona"ni 4:0 hisobida mag'lub etgach siz intervyu berib "Barsa" chorak finalga chiqa oladi degansiz. Nimaga ishonib bunday degansiz? 

- Ko'pchilik o'sha o'yindan so'ng "Barselona" kambek qilishiga ishonmagandi. Ammo 6:1 hisobidagi g'alaba bilan "Barsa" dunyoning eng irodali jamoa ekanligini ko'rsatgandi. 


- Lui Van Gal siz uchun muhim murabbiy deb aytgansiz. Gvardiola bilan ko'p sovrin yutgansiz. Siz uchun qaysi biri qadrliroq?

- To'g'risi kimnidir ajratib ko'rsata olmayman. CHunki Lui Van Gal meni yoshligimdan futbolchi bo'lib etishishimga katta xissa qo'shgan. Gvardiola bilan esa dunyodagi barcha sovrinlarga ega chiqqanman. SHu bois ikkisi men uchun juda qadrli insonlar. 


- Siz ayni paytda futbol agenti bo'lib ishlayapsiz. O'zbekistonlik qaysidir futbolchi yoki futbolchilarni Evropaga tavsiya qila olasiz?  

- Bu juda og'ir ish. Ammo yaxshi g'oya. Masalan, "La Masiya"da yosh futbolchilarni avvalo futbolchi emas inson bo'lib etishishi uchun ishlanadi. "Real" yoki "Barselona"da o'ynash uchun talablar juda katta. SHu bois bu erda o'ynashga doim ko'p mehnat qilishi kerak. 


"Barselona" klubining O'zbekistondagi muxlislar klubi "Barsamaniya" etakchisi Karles Puyolga maxsus sovg'a, futbolka topshirildi. 


-O'zbekistonda ikkinchi bor keldim. O'tgan safar ham bu safar ham juda qisqa vaqtga keldim. SHu bois mamlakatingizdagi barcha diqqatga sazovor joylarni ko'rganim yo'q. Dunyoning hech qaysi davlatida bunchalik shirin mevalarni emaganman. Palovni esa hali eb ko'rmadim. 


- Raqiblardan qaysi hujumchi sizga jiddiy qarshilik ko'rsatgan?

- Ko'p kuchli hujumchilarga qarshi o'ynaganman. Masalan, Leo Messi mashg'ulotlar vaqtida menga juda ko'p qiyinchilik tug'dirardi. Bundan tashqari Dide Drogba menga juda ko'p bor qarshilik qilgan. Unga qarshi o'ynash doim og'ir bo'lgan. Jismonan baquvvat va tezkor hujumchi edi u. 


- Messi yoki Ronaldu? Kim kuchli?  

- Jahon tarixidagi eng kuchli ikki futbolchi haqida gap ketmoqda. Messini har kuni mashg'ulotlarda ko'rardim. Uni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblayman. Ronaldu ham kuchli, yildan yilga u kuchayib bormoqda. Yaqin kelajakda kim ularning o'rnini bosishi mumkin desangiz Neymar deb javob beraman. Ammo menimcha yaqin 7-10 yilda Messi va Ronaldu boshqalarga yutqazishmaydi. 


- Sizningcha eng kuchli himoyachi kim? 

- Jerar Pike. Sababi futbol o'zgarib bormoqda. Ammo uning uslubi o'zgarishlarga mos tushaveradi. U hujumda ham yaxshi o'ynay oladi. 


- Kiber futbol o'yinlariga qanday qaraysiz? 

- Kiber futbolni oldin juda ko'p o'ynardim. Hozir bunga to'g'risi vaqtim yo'q. Anchadan buyon kiber futbol bilan shug'ullanmayapman. 


- "Real" va "Barselona" muxlislari o'rtasidagi munosabatga qanday qaraysiz? 

- Bu dunyoning eng kuchli ikki klubi o'rtasidagi bahslarda muxlislar madaniyati albatta juda muhim. Ammo o'yin tugagach bu barchasi unutilishi lozim. Muxlislar o'zlarini qo'lga olishlari lozim. 


- Toshkentga ushbu tashrifdan ko'zlangan maqsad qanday edi va tashrifga FIFAning qanday aloqasi bor? 

- Faoliyatimni tugatgach nima qilish haqida ko'p o'yladim. FIFAning FIFA legend loyihasida ishlashga rozi bo'ldim. Aynan shu bois O'zbekistonga keldim va yosh futbolchilarga master klass o'tish, dunyoda futbolni ommaviyligini oshirish asosiy maqsadimiz hisoblanadi. 

Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing