27 iyu 13:05
Yangiliklar
Tennis
Karlos Moyya otalik Rafael Nadalning karerasiga qanday tasir qilishi haqida gapirdi
Jahonning sobiq birinchi raketkasi, Rafael Nadalning murabbiyi Karlos Moyya farzand tug'ilishi Nadalning karerasiga qanday tasir qilishi haqida gapirdi.
“Mening vaqtimda kamdan-kam odamlar bolalar bilan turnirlarga borardi. Ammo haqiqat shundaki, o'shanda tennischilar 30-32 yoshda sportni tashlab, keyin oila qurishgan.
Hozir esa ko'plab tennischilar o'z farzandlari bilan birga turnirlarga tashrif buyurmoqda. Menimcha, otalik Rafaelni tennisdan voz kechishga majbur qilmaydi – aksincha, bu unga g'alaba qozonish uchun qo'shimcha turtki bo'ladi.
Rafa oilasi bilan bo'lishni, bolalarni yaxshi ko'radi. SHuning uchun u dunyo bo'ylab sayohat qilganda ularni sog'inadi", - deya Moyyaning so'zlarini keltiradi Tennis World USA.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar