08 iyu 10:50
Yangiliklar
Karlsen - Grand Chess Tour bosqichi g'olibi!
O'n bir tur yakunlariga ko'ra norvegiyalik shaxmatchi 8 ochko to'plagan holda birinchi o'rini egalladi. SHohsupaning ikkinchi pog'onasidan AQSH vakili Uesli So joy oldi. Kuchli uchlikka asli italiyalik, lekin bir necha yildan beri AQSH sharafini himoya qilib kelayotgan Fabiano Karuana yakun yasab berdi.
Malumot uchun, musobaqaningg umumiy sovrin jamg'armasi 325 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Magnus Karlsen g'olib sifatida ushbu summaning 90 000 dollarini qo'lga kiritdi. U so'nggi turda oq donalarda harakat qildi va franciyalik raqibi Maksim Vashe-Lagravni mag'lubiyatga uchratdi.
So'nggi 11-tur natijalari:
Karlsen – Vashe-Lagrav 1-0, Nepomnyashhiy – Giri 0-1, Aronyan – So, Karyakin – Karuana, Mamadiyarov – Din Lijen, Nakamura – Anand durang.
Yakuniy jadval: 1. Karlsen – 8; 2. So – 7; 3-4. Karuana, Aronyan – 6; 5-7. Din Lijen, Giri, Nepomnyashiy – 5,5; 8. Karyakin – 5; 9-11. Vashe-Lagrav, Mamadiyarov, Anand – 4,5; 12. Nakamura – 4.
Fikrlar