25 noy 10:20
Yangiliklar
SHaxmat
Karlsen - Karyakin. 10-partiyada jahon chempioni muvozanatni tikladi
AQSHning Nyu-York shahrida davom etayotgan shaxmat bo'yicha jahon toji uchun sovrin jamg'armasi 1 mln dollarni tashkil qiluvchi match o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bizning vaqt bilan bugun tong saharda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda davogar rossiyalik Sergey Karyakin o'rtasidagi o'ninchi tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Bu safargi partiyada nihoyat jahon chempioni g'alaba qozonib, muvozanatni tikladi. Oq donalarda o'ynagan Karlsen partiyaning endshpil qismida yaxshi harakat qilib, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.
Malumot uchun, grossmeysterlar o'zaro 12ta partiyada dona surishadi. Agar yakunda durang natija qayd etilsa, 30 noyabr kuni hal qiluvchi tay-breyk uchrashuvi o'tkaziladi.
JAHON CHEMPIONLIGI UCHUN MATCH
Nyu-York, AQSH. 10-partiya
Magnus Karlsen (Norvegiya) – Sergey Karyakin (Rossiya) – 1:0
Umumiy hisob – 5:5
Havola :
Fikrlar