27 noy 09:50
Yangiliklar
SHaxmat
Karlsen - Karyakin. 11-partiyada durang natija qayd etildi
AQSHning Nyu-York shahrida davom etayotgan shaxmat bo'yicha jahon toji uchun sovrin jamg'armasi 1 mln dollarni tashkil qiluvchi match o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bizning vaqt bilan bugun tong saharda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda davogar rossiyalik Sergey Karyakin o'rtasidagi 11-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Bu safargi partiyada tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. So'nggi partiya oldidan durang 5,5:5,5 hisobi qayd etilib turibdi.
Agar yakunda durang natija qayd etilsa, 30 noyabr kuni hal qiluvchi tay-breyk uchrashuvi o'tkaziladi.
JAHON CHEMPIONLIGI UCHUN MATCH
Nyu-York, AQSH. 11-partiya
Magnus Karlsen (Norvegiya) – Sergey Karyakin (Rossiya) – 0,5:0,5
Umumiy hisob – 5,5:5,5
Havola :
Fikrlar