29 noy 08:25
Yangiliklar
SHaxmat
Karlsen - Karyakin. 12-partiyada durang, endi tay-brek o'ynaladi
AQSHning Nyu-York shahrida yakuniga etib borayotgan shaxmat bo'yicha jahon toji uchun sovrin jamg'armasi 1 mln dollarni tashkil qiluvchi matchda so'nggi 12-partiya o'ynaldi.
Bizning vaqt bilan bugun tong saharda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen davogar grossmeyster, rossiyalik Sergey Karyakin bilan yana murosaga keldi.
So'nggi partiyadan so'ng durang ‑ 6:6 hisobi qayd etilib turibdi. Endi 30 noyabr kuni hal qiluvchi tay-breyk uchrashuvi o'tkaziladi va shundan so'ng jahon chempioni nomi malum bo'ladi.
JAHON CHEMPIONLIGI UCHUN MATCH
Nyu-York, AQSH. 12-partiya
Magnus Karlsen (Norvegiya) – Sergey Karyakin (Rossiya) – 0,5:0,5
Umumiy hisob – 6:6
Havola :
Fikrlar