18 noy 07:50
Yangiliklar
Karlsen - Karyakin. Jahon toji uchun beshinchi bahsda ham durang
Bizning vaqt bilan bugun tong saharda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda davogar rossiyalik Sergey Karyakin o'rtasidagi beshinchi tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Dastlabki to'rtta o'yinda bo'lgani kabi bu turda ham tomonlar murosaga kelishdi. Bu safar Karlsen oq donalarda harakat qilishiga qaramay, raqibini mag'lub eta olmadi.
Grossmeysterlar beshinchi turda italyancha partiyani tanlashdi. Bahs o'rtalarida Karyakinda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Lekin u bundan foydalana olmadi. Natijada 51-yurishdan so'ng tomonlar durangga rozi bo'lishdi.
Malumot uchun, grossmeysterlar o'zaro 12ta partiyada dona surishadi. Agar yakunda durang natija qayd etilsa, 30 noyabr kuni hal qiluvchi tay-breyk uchrashuvi o'tkaziladi.
JAHON CHEMPIONLIGI UCHUN MATCH
Nyu-York, AQSH. 5-partiya
Magnus Karlsen (Norvegiya) – Sergey Karyakin (Rossiya) – 0,5:0,5
Umumiy hisob – 2,5:2,5
Fikrlar