19 noy 09:10
Yangiliklar
Karlsen - Karyakin. Jahon toji uchun oltinchi bahsda ham durang
Bizning vaqt bilan bugun tong saharda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda davogar rossiyalik Sergey Karyakin o'rtasidagi oltinchi tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Dastlabki beshta o'yinda bo'lgani kabi bu turda ham tomonlar murosaga kelishdi. Bu safar Karyakin oq donalarda harakat qildi. Grossmeysterlar ikki soat davom etgan partiyaning 32-yurishidan so'ng durangga rozi bo'lishdi.
Malumot uchun, grossmeysterlar o'zaro 12ta partiyada dona surishadi. Agar yakunda durang natija qayd etilsa, 30 noyabr kuni hal qiluvchi tay-breyk uchrashuvi o'tkaziladi.
JAHON CHEMPIONLIGI UCHUN MATCH
Nyu-York, AQSH. 6-partiya
Sergey Karyakin (Rossiya) – Magnus Karlsen (Norvegiya) – 0,5:0,5
Umumiy hisob – 3:3
Fikrlar