15 noy 08:40
Yangiliklar
SHaxmat
Karlsen - Karyakin. Jahon toji uchun uchinchi bahsda ham durang
AQSHning Nyu-York shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun sovrin jamg'armasi 1 mln dollarni tashkil qiluvchi match davom etmoqda.
Bizning vaqt bilan bugun tong saharda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda davogar rossiyalik Sergey Karyakin o'rtasidagi uchinchi tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Dastlabki ikkita o'yinda bo'lgani kabi bu turda ham tomonlar murosaga kelishdi. Grossmeysterlar o'zaro 12ta partiyada dona surishadi. Agar yakunda durang natija qayd etilsa, 30 noyabr kuni hal qiluvchi tay-breyk uchrashuvi o'tkaziladi.
JAHON CHEMPIONLIGI UCHUN MATCH
Nyu-York, AQSH. 3-partiya
Magnus Karlsen (Norvegiya) – Sergey Karyakin (Rossiya) – 0,5:0,5
Umumiy hisob – 1,5:1,5
Havola :
Fikrlar