24 noy 07:15
Yangiliklar
SHaxmat
Karlsen - Karyakin. To'qqizinchi partiyada yana durang qayd etildi
AQSHning Nyu-York shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun sovrin jamg'armasi 1 mln dollarni tashkil qiluvchi match davom etmoqda.
Bizning vaqt bilan bugun tong saharda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda davogar rossiyalik Sergey Karyakin o'rtasidagi to'qqizinchi tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Bu safargi partiyada durang natija qayd etildi. Oq donalarda o'ynashiga qaramay, Karlsen raqibini enga olmadi.
Malumot uchun, grossmeysterlar o'zaro 12ta partiyada dona surishadi. Agar yakunda durang natija qayd etilsa, 30 noyabr kuni hal qiluvchi tay-breyk uchrashuvi o'tkaziladi.
JAHON CHEMPIONLIGI UCHUN MATCH
Nyu-York, AQSH. 9-partiya
Magnus Karlsen (Norvegiya) – Sergey Karyakin (Rossiya) – 0,5:0,5
Umumiy hisob – 4:5
Havola :
Fikrlar