So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

06 okt 20:40
Yangiliklar

Futbol

Karlush Keyrush: “Bugun biz g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdik”

O'zbekiston va Eron uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Karlush Keyrush ishtirok etdi.

“Ikkala jamoa uchun juda qiyin kechdi. Bugun biz g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdik. O'zbekiston asosan o'z yarim maydonida to'pni egallab turdi va to'pni hujum chizig'iga uzatib berishga urindi. Gol urdik g'alabaga erishdik”, - deydi Keyrush.

- Azmun, Jahonbaxsh va Dejaga kabi futbolchilar nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushishmadi?

- Ular ilk daqiqadan o'ynashga tayyor edilar. SHunchaki taktik qaror edi. Azmun ham, Jahonbaxsh ham zaxiradan o'yinga tushib yaxshi harakat qilishdi.

- Eron himoyada ham, hujumda ham yaxshi o'ynadi. O'zbekiston esa aksincha, darvoza tomon bironta aniq zarba bera olmadi. Raqibdan bunchalik kuchsiz o'yin kutganmidingiz?

- O'zbekistonning bunday o'ynashida Eronning xissasi katta bo'ldi. Men Suriya va Qatar bilan o'yinlarni ko'rib, O'zbekistonni o'rganib chiqqan edim. Bugun raqibga zarba berishga imkon bermadik va g'alabaga erishdik. Eron terma jamoasi futbolchilarini tabriklayman. SHu jumladan, O'zbekiston terma jamoasiga ham rahmat aytaman. Ular ham muxlislarga g'alaba taqdim etishga urinishdi.

- Janob Keyrush, siz O'zbekistonga uch marta Eron bosh murabbiyi sifatida raqib bo'lgansiz. Qaysi o'yin siz uchun og'ir o'tgan?

- Eng qiyini Tehronda o'tgan bahs bo'lgan. O'sha o'yinda biz yutqazib qo'ygan edik. Bugungi g'alaba yoqimli, lekin saralash bahslaridagi olishimiz kerak bo'lgan 30 ochkoning atiga 3tasini oldik xolos. Hali oldinda o'yinlar ko'p. O'zbekiston hisobida ham 6 ochko bor. Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari Toshkentda bitta xato qilishsa, O'zbekiston ularni jazolaydi. Bunga ishonaman.

Narzulla Saydullaev yozib oldi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing