So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

05 okt 12:50
Yangiliklar

Futbol

Karlush Keyrush: “Ertaga guruhimizdangi eng yaxshi jamoaga qarshi o'ynaymiz”

Teglar :  FutbolEronKeyrush
O'zbekiston va Eron uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Karlush Keyrush ishtirok etdi.

Unga jamoa futbolchisi Masud SHojai hamrohlik qildi.

“O'zbekiston mamlakatiga, O'FFga, o'zbek jurnalistlariga minnatdorchiligimni bildiraman. Toshkentga uchinchi marta Eron ustozi sifatida keldim. Bundan juda xursandman. Ertaga guruhimizdangi eng yaxshi jamoaga qarshi o'ynaymiz. Sababi O'zbekiston dastlabki 2 turdan oldin guruh peshqdami bo'lib turibdi. Bizdan kutayotgan yaxshi natijani Eronga olib borishga harakat qilamiz”, - deydi Keyrush.

“Albatta bosh murabbiy aytib o'tganidek guruhdagi eng yaxshi jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Bu jamoa doim kuchli bo'lib kelgan. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Uyga ijobiy natija bilan qaytishga umid qilamiz”, - deydi SHojai.

- Dejaga va Jahonbash jarohatlari tufayli ertaga maydonga tusha olishmasa bu Eron uchun qanchalik katta yo'qotish bo'ladi?

- Jarohatlar futbolning ajralmas qismi. Terma jamoada Dejaga, Jahonbaxsh yoki SHojaidan kuchliroq yulduz bor. Bu yulduzning nomi - jamoa. Ertaga bu ikki futbolchi maydonga tushishga tayyor, bu Eron yaxshi xabar. Bu ikki futbolchining maydonga tushishi esa O'zbekiston uchun yomon xabar.

- Terma jamoa o'zagi baribir 15-16 nafar futbolchidan iborat bo'ladi. Siz kimlarga ishonayapsiz?

- Bugungi kunda Eronda futbolchilar borasida muammo yo'q. Terma jamoa yildan yilga o'sib bormoqda. Men termaga kelganimda bir nafar futbolchi Evropa klublarida o'ynardi. Hozir esa 11 nafar futbolchimiz Evropa qitasida o'ynamoqda.

- Ertaga avstraliyalik hakam Benjamin Uilyams ishlaydi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Albatta bu futbol. Unda barcha xato qiladi, murabbiy ham, futbolchilar ham, hakamlar ham xato qiladi. Hozirgi zamonaviy futbolda to'rtta jamoa bor: mezbon, mehmon, hakamlar va komissarlar jamoasi. Ertaga mana shu to'rtta jamoa o'z ishini to'g'ri bajarishadi deb umid qilaman. FIFAning halol o'yin bayrog'i ostida maydonga tushayapmizmi shunga mos tarzda o'ynashimiz kerak.

Narzulla Saydullaevyozib oldi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing