14 okt 14:18
Yangiliklar
Tennis
Karolin Garsiya Tyanczindagi musobaqada g'olib bo'ldi
Jahonning 16-raketkasi Karolin Garsiya Xitoyning Tyanczin shahrida bo'lib o'tgan musobaqaning bosh mukofotiga sazovor bo'ldi.
U hal qiluvchi o'yinda chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 43 daqiqa davom etgan o'yinda Garsiya raqibasini 7:6, 6:3 hisoblarida mag'lub etdi va turnir g'olibasiga aylandi.
Ushbu g'oliblik Garsiyaga 280 reyting ochkosi va 163, 265 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham taqdim etdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar