28 mar 14:09
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/59698_220.jpg)
Karolina Plishkova kurashni davom ettirmoqda
Dunyoning ettinchi raketkasi Karolina Plishkova Miami Open turnirining chorak finaliga yo'l oldi.
CHexiyalik tennischi nimchorak final bahsida hamyurti Marketa Vondroushovadan ustun keldi. Plishkova reytingning 59-pog'onasidan joy olgan Marketadan 6/3, 6/4 hisobida ustun keldi.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Endi Karolina chorak final bahsida ruminiyalik Simona Xalepga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar